Kassa, ombor va qarzlar bitta dasturda

Internet uzilsa ham savdo to'xtamaydi. Chek printer, shtrix-kod skaner va kunlik hisobot tayyor.

Baraka POS kassa oynasi: mahsulotlar, chegirma va to'lov turi

Internet o'chsa ham kassa ishlayveradi

Sotuv kompyuterda saqlanadi

Har bir chek darhol mahalliy bazaga yoziladi, hech narsa yo'qolmaydi.

O'zi sinxronlanadi

Aloqa tiklanganda sotuvlar serverga takrorlanmasdan yuboriladi.

Chek va skaner bilan

XPrinter chek va yorliq printerlari, shtrix-kod skanerlar bilan ishlaydi.

Kundalik savdo uchun kerakli hamma narsa

Ombor va qoldiq

Kam qolgan tovarlar alohida ko'rinadi. Mahsulotlarni Excel'dan import va eksport qiling.

Ombor sahifasi: mahsulotlar, tannarx, foyda va qoldiq

Chegirma va ulgurji narx

Foiz yoki summa bilan chegirma, ulgurji xaridorga alohida narx.

Mijoz qarzlari

Qarzga sotish, muddat va bir nechta qarzni bitta summa bilan yopish.

Kassa smenalari

Smena ochish va yopish, kassadagi farq darhol ko'rinadi.

Xodimlar ruxsati

Kim chegirma bera oladi, narxni o'zgartira oladi yoki qaytarish qiladi.

Firmadan kirim va inventarizatsiya

Kirimda tannarx o'rtacha bo'yicha yangilanadi, firma qarzi o'zi hisoblanadi. Hisobdan chiqarish sababi bilan saqlanadi.

Dasturni ichidan ko'ring

Baraka POS ekrani
Kassa: mahsulot tanlash, chegirma va to'lov turi bitta oynada.
Hisobotlar: aylanma, xarajat, foyda va umumiy qarz

Foyda va qarzni bir qarashda ko'ring

  • Aylanma va foydaKun, hafta, oy va yil kesimida.
  • XarajatlarToifalar bo'yicha yozib boriladi.
  • Zaxirasi kam tovarlarBuyurtma berish vaqti kelganini eslatadi.

Nakladnoyni rasmga oling, qolganini dastur to'ldiradi

Rasm yoki PDF yuklang: mahsulotlar, soni va narxi kirim oynasiga avtomatik tushadi.

Yangi kirim oynasi: nakladnoyni skanerlash

Kompyuterda ham, telefonda ham

Windows dasturi

Kassa uchun asosiy ish joyi. Oflayn ishlaydi, printer va skaner ulanadi.

Yuklab olish

Mobil versiya

Do'kon egasi uchun: hisobot, qoldiq va qarzlarni telefondan kuzatish.

Mobil versiyani ochish

Do'koningizga o'rnatib beramiz

Qo'ng'iroq qiling: dasturni ko'rsatamiz, o'rnatamiz va printerni sozlab beramiz.